Diag Lab Trade

Laboratoriya uskunalari
va sarf materiallari
distribyutori
+99899 4440158, +998990100411
Toshkent sh., Jasorat k., 52

Kompaniya haqida

"Diag Lab Trade" MChJ 2019 yildan beri bozorda faoliyat yuritib kelmoqda.

Biznes profili: Yuqori sifatli laboratoriya asbob-uskunalari, keng assortimentdagi reagentlar, sarf materiallarini etkazib berish va sotish.


Bizning jamoamiz: Ko'p yillik tajribaga ega shijoatli va yuqori malakali mutaxassislar jamoasi.

Korxonamizda iqtisodiy, farmatsevtika va tibbiy ma'lumotga ega bo'lgan turli profildagi xodimlar ishlaydi. Bizning mutaxassislarimiz laboratoriya talablari va o'ziga xos xususiyatlariga muvofiq sotib olish uchun kerakli asbob-uskunalar va sarf materiallarini tanlashda yordam beradi. Biz, shuningdek, arzonroq narx yoki kengroq funksionallikka ega bo'lgan qiziqarli mahsulotlarni tanlash imkoniyatlari bo'yicha maslahat berishimiz mumkin. Siz har doim bizga qo'ng'iroq qilishingiz yoki yozishingiz va savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Bizning menejerlarimiz har bir mijozga kreativ yondashib, ikki tomonlama kelishuvga intiladi va eng yaxshi sharoitlarda taklif bera oladi.

Bizning vazifamiz zamonaviy texnologiyalar asosida laboratoriya diagnostika sifatini oshirishdir!

Zamonaviy asbob-uskunalar va yuqori sifatli reagentlardan foydalangan holda laboratoriya sinovlari natijalarining ishonchliligini oshiring.


Bizning afzalliklarimiz:

➢Har bir mijozga individual yondashuv

➢Biz laboratoriya diagnostika bozoridagi tendentsiyalarni kuzatib boramiz va sifatli mahsulotlarni O'zbekiston bozoriga hamyonbop narxlarda import qilamiz.

➢Biz O'zbekiston bo'ylab tovarlarni bepul yetkazib beramiz

 
Asosiy faoliyat:

➢Umumiy laboratoriya jihozlari;

➢Sarf materiallari - laboratoriya plastmassalari, vakuumli probirkalar va aksessuarlar;

➢Kimyoviy va biologik reagentlar;

➢Diagnostik tezkor testlar;

➢Laboratoriya tarozilari;

➢Pipetli dispenserlar;

➢PCR tahlili uchun reaktivlar;

➢IFA uchun reaktivlar.

 Diag Lab Trade MChJ Sigma-Aldrich, Merck Millipore, Labbox, Jiangsu Huida Medical, MP Biomedicals, Guangzhou Improve Medical Instruments, Fisher Scientific, Beckman Coulter, "Leica Microsystems", "LITECH", "METTLER TOLEDO", "Abbexa" va boshqa dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan bevosita hamkorlikni yo'lga qo'ygan.

“Diag Lab Trade” kompaniyasining omborxonasida laboratoriya jihozlari, kimyoviy va biokimyoviy reagentlar hamda tibbiy mahsulotlarni saqlash va ulgurji sotish uchun barcha sanitariya, gigiyenik, texnologik sharoitlar yaratilgan.

Kelajak siyosati, batafsil logistika, xodimlarning professionalligi va yuqori mas'uliyati, yetkazib beruvchilar va mijozlar bilan ishlashda sodiqlik xamda ishonchlilik "DIAG LAB TRADE" MChJni alohida ajratib turadi va O'zbekiston Respublikasi bozorida jadal rivojlanish imkonini beradi.